NAVBATDAGI ONLAYN QABUL BÖLIB ÖTDI
16 Nov, 2026 - 15:43
19
Samarqand viloyati Madaniyat boşqarmasi boşliği Botir Tugalov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini örganiş, ularni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş hamda takliflarini tinglaş maqsadida navbatdagi onlayn qabul taşkil etildi.
Qabul jarayonida boşqarma boşliğining örinbosarlari V. Umarov, B. Röziyev, Ö. Norbutayev hamda boşqarma mutaxassisi N. Murodullayevlar iştirok etdi.
Onlayn qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, murojaatlarda kötarilgan masalalarni belgilangan tartibda örganiş va hal etiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, ularning muammolariga öz vaqtida yeçim topiş hamda aholi bilan oçiq muloqotni ta’minlaş boşqarma faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.