HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
26 Oct, 2026 - 09:21
45
Joriy yilning 24-oktabr kuni Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori vazifasini bajaruvçi S.X.Madiyev hamda Samarqand şahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori U.T.Ximoydinov örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, ta’lim sifatini yanada oşiriş, yoş iste’dod egalarining ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda san’at va madaniyat sohasida malakali kadrlar tayyorlaşga kömaklaşiş maqsadida tuzildi.
Hamkorlik doirasida öquvçilar va pedagoglar uçun mahorat darslarini taşkil etiş, tajribali ustozlar iştirokida ijodiy uçraşuvlar ötkaziş, ustoz-şogird an’analarini rivojlantiriş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etişga alohida e’tibor qaratildi.