OCHIQ ESHIKLAR KUNI
30 Sep, 2026 - 15:30
76
Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan bir guruh o‘quvchilar tashrif buyurib, maktabning tasviriy va amaliy san’at, musiqa hamda cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘qituvchilar tomonidan har bir yo‘nalish haqida ma’lumotlar berilib, o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.
Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi