SAMARQAND VILOYATIDA IJODIY BIRLASHMALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
09 Nov, 2026 - 18:19
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishning 119-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan ijodiy birlashmalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ijodiy birlashmalar faoliyatiga mas’ul etib belgilangan vakillar hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Unda viloyatda 21 ta ijodiy yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilayotgan birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ijodkorlarni yagona tizim asosida birlashtirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ijodiy loyihalar, festival va tanlovlarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir ijodiy birlashma oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi, yo‘nalishlar kesimida mas’ullar tayinlandi hamda tegishli vazifalar taqsimlandi.
Yig‘ilish davomida ijodiy birlashmalarning yillik ish rejalarini shakllantirish, hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, hududlarda ijodiy salohiyatni keng namoyon etish va amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda ijodiy birlashmalarni quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda:
• Sahna va dramaturgiya (teatr san’ati)
• Kino va ekran ijodiyoti
• Xoreografiya va raqs san’ati
• Opera yo‘nalishi
• Fortepiano ijrochiligi
• Estrada musiqasi
• Milliy maqom san’ati
• Baxshichilik
• Askiya, qiziqchilik hamda stendap
• Milliy cholg‘ular ijrochiligi
• Akademik cholg‘u ijrochiligi
• Orkestr va xor jamoalari
• Sirk san’ati va ko‘chma tomoshalari
• Adabiy ijod va yozuvchilik
• Tasviriy san’at turlari
• Amaliy bezak san’ati
• Moda, uslub va dizayn
• Bastakorlik va musiqa yaratish
• Raqamli kontent yaratish (kontent-kreatorlik
Asosiy maqsad — Samarqand viloyatining boy madaniy salohiyatini yanada rivojlantirish, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda barcha ijodiy yo‘nalishlarda tizimli va natijador faoliyatni yo‘lga qo‘yishdan iborat.