Sammit

21 Oct, 2026 - 15:51
29
Sammit

SAMARQANDDA BOLALAR FAROVONLIGIGA BAG‘ISHLANGAN JAHON SAMMITI BOSHLANDI

Ayni kunlarda Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammitining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Samarqand shahar 22-son Bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya sinfi o‘quvchilari o‘zlarining “Baxtli bolalik taassurotlari” nomli go‘zal xoreografik kompozitsiyasi bilan ishtirok etib, tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladilar.

21–22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli xalqaro tadbirda 100 ga yaqin davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. Sammit doirasida bolalar farovonligini ta’minlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, erta rivojlanish, inklyuziv ta’lim hamda bolalar va oilalarni kompleks qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.

Zero, bolalar baxti — kelajak poydevori, ularning farovonligi esa jamiyat taraqqiyotining eng muhim mezonidir!

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash