SAYYOR QABUL
05 Nov, 2026 - 09:41
22
Keça Samarqand viloyati Madaniyat boşqarmasi boşliği Botir Tugalov Paxtaçi tumani Qarnabota mahallasida joylaşgan 33-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor qabul ötkazdi.
Sayyor qabul davomida maktabning öqituvçi xodimlari, işçi-xizmatçilari hamda öquvçilarning murojaatlari tinglandi. Muloqot jarayonida xodimlar tomonidan sohada mavjud muammolar, iş faoliyatini yanada takomillaştiriş va öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Ayniqsa, yoş öquvçilardan birining ham öz murojaati bilan qatnaşgani e’tiborga molik böldi. Uning fikr va istaklari tinglanib, qiziqişlari hamda san’atga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan samimiy suhbat olib borildi.
Botir Tugalov barça murojaatlarni diqqat bilan tinglab, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berdi. Öz yeçimini kutayotgan muammolarni hal etiş böyiça mas’ullarga zarur topşiriq va körsatmalar berildi.
Bunday sayyor qabullar soha xodimlari va yoş iste’dod egalari bilan bevosita muloqot qiliş, ularning fikr-mulohazalarini örganiş hamda mavjud muammolarga yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etadi.