DO‘STLIK BOG‘IDA EZGULIK NIHOLLARI QADALDI

16 Oct, 2026 - 14:35
16
DO‘STLIK BOG‘IDA EZGULIK NIHOLLARI QADALDI

Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Samarqand viloyatidagi Do‘stlik bog‘ida daraxt ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati, tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlari faol ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan mas’ullar millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishning ahamiyatini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar tomonidan Do‘stlik bog‘ida daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tashabbus bog‘ hududini yanada ko‘rkamlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda tabiatni asrab-avaylashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🌱 Har bir ekilgan nihol — yashashga umid, kelajakka ishonch va ezgu maqsadlar ramzi. Ayniqsa, bag‘rikenglik va do‘stlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanayotgan kunda daraxt ko‘chatlarining ekilishi tadbirga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.

Zero, do‘stlik insonlarni birlashtirsa, tabiatga mehr kelajak avlodlarni mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashtiradi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash