IJODIY UÇRAŞUV
27 Oct, 2026 - 16:47
26
Samarqand viloyati Musiqali drama teatrida Özbek milliy maqom san’ati markazi direktori Qobiljon Yuldaşev hamda Özbek milliy maqom markazi bölim boşliği Şavkat Rajapovlar Samarqand viloyati Madaniyat boşqarmasi boşliği Botir Tugalov hamrohligida Samarqand viloyati maqom ansambli xodimlari bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida ansambl xonandalari va sozandalarining ijrosidagi kuy-qöşiqlar tinglandi. Ijroçilarning mahorati, musiqiy saviyasi hamda ijodiy faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Şuningdek, ijro jarayonida milliy maqom san’atining öziga xos xususiyatlarini saqlaş, asarlarni yuksak mahorat bilan ijro etiş, xonanda va sozandalarning ijodiy salohiyatini yanada oşiriş borasida qimmatli tavsiyalar berildi.
Uçraşuv samimiy va ijodiy ruhda ötdi. Unda milliy maqom san’atini rivojlantiriş, uning boy an’analarini asrab-avaylaş, ijro maktablari va an’analarining davomiyligini ta’minlaş hamda uşbu bebaho ma’naviy merosni kelajak avlodga yetkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.