SAMARQAND VILOYATI MADANIYAT BOSHQARMASINING
NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yi 27-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-114-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2023-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning hududiy madaniyat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘iga muvofiq Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi (bundan buyon matnda boshqarma deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Boshqarma madaniy faoliyat, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari, kinematografiya sohasidagi davlat siyosatini hududda amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek, akademik badiiy ta’limning izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga vakolatli organi hisoblanadi.
3. Boshqarma Madaniyat vazirligiga (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) bo‘ysunadi.
4. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati majlisi qarorlariga, buyruqlari va topshiriqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Boshqarma o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tizimdagi tashkilot, korxona va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, xodimlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
8. Boshqarmaning rasmiy nomlanishi:
to‘liq nomi - Samarqand viloyati Мadaniyat boshqarmasi;
qisqartirilgani - Madaniyat boshqarmasi;
to‘liq nomi – Управление Культуры и Самарканской области
qisqartirilgani- Управление Культурыи;
d) ingliz tilida:
to‘liq nomi - Samarqand regional Department of Culture;
qisqartirilgan nomi - Head department of culture.
9. Boshqarmaning joylashgan joyi (pochta manzili): 140100, Samarqand viloyati Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni 1-a-uy.
2-bob. Boshqarma tuzilmasi
10. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Boshqarma apparati;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, ta’lim muassasalari hamda madaniy-ma’rifiy muassasalar.
3-bob. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
Boshqarma, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar) bilan hamkorlik qilish;
madaniyat faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
madaniyat rivojlantirish bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
hududda vazirliklar, idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlarning madaniyat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish;
hududdagi madaniyat faxriylari va boshqa mutaxassislarni davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish;
hududda madaniyatni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda madaniyat sohasini ommalashtirish ishlarini tashkil qilish;
jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini ta’minlash;
hududda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va tadbirlar o‘tkazish;
madaniyat sohasiga tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rivojlanishiga yordam berish;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak ma’naviyat va professionalizm ruhida tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, hududda aholining o‘z jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, sohaga xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashish;
tegishli hududda madaniyatni rivojlantirish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni vazirlikka, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
madaniyat sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda metodik va maslahat yordamini ko‘rsatish;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak ma’naviyat va professionalizm ruhida tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, hududda aholining o‘z jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, sohaga xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashish;
tegishli hududda madaniyatni rivojlantirish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni vazirlikka, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
madaniyat sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda metodik va maslahat yordamini ko‘rsatish;
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarda hamda hududning ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish;
hududda madaniyat sohasidagi dasturlarni tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etishga hamda ushbu sohalarda mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam ko‘rsatish va ishtirok etish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini ko‘rish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarida, davlat madaniyat tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish hamda amalga oshirish;
hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar qabul qilish;
davlat madaniyat tashkilotlarida zamonaviy xavfsizlikni ta’minlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
davlat madaniyat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingini tuzishda ko‘maklashish;
davlat madaniyat tashkilotlari xodimlari kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.
12. Boshqarmaga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
boshqarma va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mahalliy miqyosdagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
4-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
13. Boshqarma o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalami amalga oshirish uchun:
ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hududiy madaniyat organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
madaniyat sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini o‘rganish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Boshqarma:
vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida madaniyat sohasini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
madaniyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning hududda samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi yuzasidan javob beradi.
5-bob. Boshqarma boshlig‘ining
asosiy funksional vazifalari
15. Quyidagilar boshqarma boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy madaniyat organlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy madaniyat organlarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, vazirlik hududiy madaniyat organlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, vazirlikning hududiy madaniyat organlari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
vazirlik hududiy madaniyat organlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy madaniyat organlari kadrlar zaxirasini shakllantirish;
vazir nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy madaniyat organlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
hududiy madaniyat organlari xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy madaniyat organlari xodimlari tomonidan vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy madaniyat organlari tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy madaniyat organlari tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
hududiy madaniyat organlari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy madaniyat organlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy madaniyat organlari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
hududiy madaniyat organlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni vazirlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
6-bob. Boshqarma rahbarlarining javobgarligi
16. Boshqarma boshlig‘i:
hududiy madaniyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hududiy madaniyat tashkilotlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
l-§. Boshqarma rahbariyati
17. Boshqarma boshlig‘i lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish - viloyat hokimi bilan kelishgan holda vazir tomonidan tomonidan amalga oshiriladi.
18. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
19. Tumanlar (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish - vazir va tumanlar (shahar) hokimlari bilan kelishgan holda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Boshqarmaning vazirlik bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
20. Boshqarma Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) berilgan topshiriqlar ijrosi haqida Vazirlik rahbariyatiga axborot beradi;
2) qonunchilikni amalga oshirish bo‘yicha o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
4) viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining madaniy sohalariga oid mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
5) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
6) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.
21. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari va maslahatchisi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Boshqarmaning boshqa vazirlik va idoralarning boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
22. Boshqarma o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
23. Boshqarma tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
24. Boshqarma faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
25. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar vazir tomonidan tasdiqlanadigan bosh boshqarmalar faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
26. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
a) boshqarma rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
b) boshqarma faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
27. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
8-bob. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
28. Boshqarma faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
29. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar vazir tomonidan tasdiqlanadigan Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
30. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Boshqarma rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Boshqarma faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Boshqarmani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
31. Boshqarma faoliyatini ta’minlash va moliyalashtirish (shu jumladan, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish) mahalliy budjeti, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar boshqarma apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) manbalari hisoblanadi.
32. Boshqarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, moddiy yordam, ustama va rag‘batlantirish to‘lovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Boshqarma xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
10-bob. Boshqarma rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hisobot berishi
33. Boshqarma rahbari boshqarmaning faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga muntazam ravishda hisobot beradi.
34. Boshqarma rahbari o‘rinbosar, bo‘lim boshliqlari va xodimlar tomonidan ularning vazifalari samarali bajarilishi uchun faoliyati ustidan muntazam ravishda monitoring olib boradi va samaradorligiga xolisona baho beradi.
35. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha boshqarmaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Jamoat tashkilotlari
36. Boshqarmaning kasaba uyushmasi jamoat tashkiloti hisoblanib, u amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.
37. Boshqarmaning jamoat tashkiloti jamoada ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, xodimlar huquqlarini himoya qilish, ularning ish sharoitlarini yaxshilash, mas’uliyatlarini shakllantirish va mehnat intizomini mustahkamlash kabi masalalami hal etadi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
38. Tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.