Xalqaro festival

25 Sep, 2026 - 14:59
34
Xalqaro festival

Xalqaro maydonda yana bir muhim qadam

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Belarus Respublikasining Grodno shahrida 16–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan V-xalqaro qo‘g‘irchoq san’ati festivali — «Лялькі над Нёманам»da ishtirok etmoqda.

 Festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro san’at anjumani Belarus, Rossiya, O‘zbekiston, Tatariston, Dog‘iston hamda ilk bor Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasidan tashrif buyurgan teatr jamoalarini bir maydonda jamladi. Festivalda 150 nafardan ortiq teatr san’ati mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ushbu nufuzli xalqaro festivalda ishtirok etishi jamoamizning ijodiy faoliyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, xorijiy teatrlar bilan tajriba almashish hamda o‘zaro ijodiy aloqalarni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatdir.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash