Xalqaro tadbir

25 Sep, 2026 - 14:47
36
Xalqaro tadbir

Samarqandlik san’at maktabi o‘qituvchisi II Jahon Xalq Assambleyasida ishtirok etdi.

Tadbirda xalqaro “Единство” assotsiatsiyasi tomonidan taklif etilgan mehmonlar qatorida Samarqand ixtisoslashtirilgan san'ati maktabi o'qituvchisi Elvira Yemelyanova ham qatnashdi.

“Единство” xalqaro assotsiatsiyasi ilm-fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yurituvchi, turli yo‘nalishlarda salohiyatga ega insonlarni birlashtiruvchi xalqaro platforma hisoblanadi. Assotsiatsiya UNESCOning Sankt-Peterburgdagi bo‘limi bilan hamkorlik qiladi.

Assambleya doirasida 50 ta zalda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar va global muammolar muhokama qilindi. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan spikerlar va mutaxassislar o‘z ma’ruza, fikr va takliflari bilan ishtirok etdilar.

“Единство” assotsiatsiyasi vakillari uchun mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot, tajriba almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbir bo‘ldi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash