USTOZGA EHTIROM — YUKSAK EHTIROM!
28 Sep, 2026 - 09:57
70
Toyloq tumani 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayramona konsert dasturi tashkil etildi.
Bolalar musiqa va san'at maktabining barcha bo‘limlari tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, o‘quvchilarning ijodiy mahorati va ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmati yorqin namoyon bo‘ldi.