Ko'rik-tanlov

10 Aug, 2026 - 17:24
46
Ko'rik-tanlov

"Yangi ovozlar" – yosh iste’dodlarni kashf etuvchi tanlov

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida Samarqand viloyati hokimligi hamda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan "Yangi ovozlar" viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahridagi Nurafshon madaniyat markazida tashkil etilgan tanlovni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov ochib berdi. U o‘z so‘zida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda milliy san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan ijodkorlarni tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan iste’dodli yosh ijrochilar o‘zlarining vokal mahorati, sahna madaniyati va ijodiy salohiyatini namoyish etdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida xolisona baholandi.

"Yangi ovozlar" viloyat ko‘rik-tanlovi yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni rag‘batlantirish hamda milliy estrada san’atini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim madaniy loyihalardan biri sifatida e'tirof etildi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash