O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik

29 Jul, 2026 - 16:13
134
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik

Yig'ilish

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda ijodiy dasturlarni puxta shakllantirish yuzasidan Samarqand viloyati musiqali drama teatrida ijodiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov rahbarlik qildi.

Unda Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarning mazmun-mohiyati, badiiy saviyasi va ijodiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, bayram dasturlarini yanada mazmunli, ko‘tarinki ruhda va xalqimizga munosib tarzda tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida ijodiy jamoalar oldidagi ustuvor vazifalar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy dasturlarni tayyorlash jarayonlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash