Millatlararo totuvlik – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevori
29 Jul, 2026 - 12:18
41
Bayramga tadbiri
Millatlararo totuvlikni mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining teng huquqliligini ta’minlash, ularning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, tili va madaniyatini asrab-avaylash hamda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
2026-yil 28-iyul kuni Samarqand viloyati Yoshlar markazida "Yangi O‘zbekiston – yagona Vatan!" shiori ostida "Do‘stlik ohanglari" gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi, Maqom ansambli, Viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda Samarqand shahar madaniyat bo‘limi ijodiy jamoalari va iste’dodli san’atkorlari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslari va sahna chiqishlari bilan ishtirok etib, mamlakatimizdagi do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini tarannum etdilar.
Gala-konsert tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.