Samarqandda “Go‘zal Xitoy – Maftunkor Ichki Mo‘g‘ul” madaniy almashinuv tadbiri bo‘lib o‘tdi
23 Jul, 2026 - 17:47
72
Joriy yilning 23-iyul kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatrida “Go‘zal Xitoy – Maftunkor Ichki Mo‘g‘ul” madaniy almashinuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Xitoyning nomoddiy madaniy merosi namunalaridan iborat ko‘rgazma namoyish etilib, unda qog‘oz o‘ymakorligi, kashtachilik, charm, oltin va kumush buyumlar yasash san’ati namunalariga keng o‘rin berildi.
Shuningdek, Ichki Mo‘g‘ul san’at teatri ijodkorlari ishtirokida Xitoy klassik raqslari, xalq qo‘shiqlari, milliy cholg‘u ijrolari hamda Xoomiy tomoq kuylash san’ati namoyish etildi. Konsert dasturi ikki xalqning boy madaniy merosi va san’atini aks ettirgan yorqin chiqishlarga boy bo‘ldi.
Mazkur madaniy tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.