YANA BIR YUKSAK YUTUQ!

23 Jul, 2026 - 10:59
49
YANA BIR YUKSAK YUTUQ!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Pastdargʻom tuman 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabining "Nozanin" raqs guruhi Oʻzbekiston televideniyesi "Bolajon" kanali tomonidan tashkil etilgan "Bolajon shou" koʻrsatuvida munosib ishtirok etib, "Eng nafis ijro" nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

Mazkur yutuq iqtidorli oʻquvchilarimizning mehnati, ustozlarining fidoyiligi hamda milliy san’atimizni munosib targʻib etish yoʻlidagi sa’y-harakatlarining yorqin natijasidir.

🏆 Gʻolib oʻquvchilarimiz va ularning ustozlarini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!
Kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ularga ulkan zafarlar, yangi marralar va yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash