Yutuq!
17 Jul, 2026 - 18:23
49
Narpayga yana bir ulkan yutuq muborak boʻlsin!
Ustoz Shavkat Meliqulovning iqtidorli shogirdi Mardisherov Shukurjon “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi respublika tanlovida yuksak mahorat namoyish etib, tanlovning eng oliy mukofoti — GRAND PRI hamda 12 000 000 so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldilar.
Bu yuksak natija ustozning fidokorona mehnati, shogirdlarning tinimsiz izlanishi va san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatining yorqin ifodasidir.
💐 Ustoz Shavkat Meliqulovni va iste’dodli shogirdlarni ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yangi marralar, ulkan zafarlar va ijodiy parvozlar doimo hamrohingiz bo‘lsin! 👏🎉