Yig'ilish
09 Jul, 2026 - 15:03
54
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati Musiqali drama teatrida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov raisligida boshqarma hamda uning tizimidagi tashkilot va muassasalarning rahbar va xodimlari ishtirokida 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, shuningdek, yilning ikkinchi yarmida bajarilishi belgilangan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma tasarrufidagi viloyat tashkilotlari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari, madaniyat markazlari hamda Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari ishtirok etdi.
Hay’at yig‘ilishida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbar va xodimlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, tashabbuskorlik va mas’uliyat bilan ishlagan rahbarlar Hay’at yig‘ilishi qaroriga asosan belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi belgilandi.
Yig‘ilish yakunida joriy yilning ikkinchi yarmida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.