Kiberxavfsizlik

18 May, 2026 - 15:53
14
Kiberxavfsizlik

Kiberxavfsizlik — davr talabi

Samarqand viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi, katta leytenant Azamat Nasriddinov tomonidan viloyat hududida aholi va tashkilot xodimlarining raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan tizimli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati, boshqarma xodimlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn va oflayn formatda o‘tkazildi.

Tadbir davomida:
✅ internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlari,
✅ shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,
✅ ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish,
✅ kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish va ularning oldini olish masalalari yuzasidan muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda raqamli tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash