Taqdirlash marosimi
19 Jan, 2026 - 12:28
35
✔️Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan ilk bor taʼsis etilgan "YIL FIDOYISI"-2025 tanlovining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
✔️Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan ilk bor taʼsis etilgan "YIL FIDOYISI"-2025 tanlovining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
✅Tadbirni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov ochib berib, madaniyat sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.
✅Shundan so‘ng, “Zarafshon” va “Samarkandskiy Vestnik” gazetalarining birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, Samarqand
viloyat teleradiokanali direktori Dilmurod Ismatov hamda Samarqand garnizon Maʼnaviyat markazi boshligʻi kapitan Akbar Abduhalilovlar so‘z olib, soha vakillarini bayram bilan tabrikladi.
🎶Bayram tadbiri davomida san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, raqslar namoyish qilindi.
🎉Tadbir doirasida 2025 yil davomida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlarda eng faol ish olib borgan 30 nafarga yaqin soha mutaxassislari viloyat rahbarlari tomonidan statuetka, diplom hamda maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar