Tashrif

19 Jan, 2026 - 12:22
44
Tashrif

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Botir Tugalov Samarqand shahar 22-son Bolalalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurdi

✅Joriy yilning 13-yanvar kuni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov 22-son bolalar musiqa va sanʼat muassasasida bo‘lib, faoliyat bilan yaqindan tanishdi.

➡️Boshqarma boshlig‘i o‘quv jarayonlari, ijodiy ishlanmalar va muassasa infratuzilmasi bilan tanishar ekan, xodimlarning fikr va takliflarini tingladi. Shu bilan birga, kelgusidagi ish rejalarini muhokama qildi va faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

🗣️Shuningdek, bolalar ishtirokidagi tanlov va musobaqalar haqida alohida to‘xtalib, ularning sifatli tashkil etilishi va ijodiy salohiyatni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

⌛Tashrif davomida xodimlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, savollariga batafsil javob oldilar.

💬Ushbu yiğilish ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash va madaniyat sohasida sifatni oshirishga xizmat qiladi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash