Ijodiy uchrashuv
19 Jan, 2026 - 12:16
39
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Botir Tugalov Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurdi
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Botir Tugalov Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari hamda xodimlari bilan uchrashuv yigʻilishini oʻtkazdi.
Yigʻilish davomida taʼlim muassasasida odob-axloq qoidalariga rioya etish, tartib-intizomni mustahkamlash hamda tozalik va ozodalikka alohida eʼtibor qaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ish jarayonida masʼuliyatni oshirish, sogʻlom muhitni shakllantirish hamda oʻquvchilar uchun namunali sharoit yaratish muhimligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida belgilangan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.