Anjuman

30 Dec, 2025 - 11:05
42
Anjuman

✅Turkiston jadidlar harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, buyuk mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Behbudiy maktabi – yoshlarga ibrat” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy hamda ijodiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

✅Turkiston jadidlar harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, buyuk mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Behbudiy maktabi – yoshlarga ibrat” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy hamda ijodiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

✅Mazkur anjumanda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov va boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

📰Tadbirni “Zarafshon” hamda “Samarqandiskiy vestnik” gazetalarining bosh muharriri, yozuvchi-dramaturg Farmon Toshev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

⬇️Shuningdek, Toyloq tumani hokimi Behzod Rahmatullayev so‘zga chiqib, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi va jadidchilik harakatidagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

➡️Anjuman davomida Behbudiy merosining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari yoshlar uchun ibrat ekani alohida ta’kidlandi.

⌛Ma’naviy-ma’rifiy tadbir Samarqand viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan, Farmon Toshev qalamiga mansub “Behbudiy” nomli spektakl namoyishi bilan yakunlandi.

✅Tadbir yakunida konferensiyada faol ishtirok etgan, Behbudiy nomini abadiylashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh ziyoli olimlar va ijodkorlar Toyloq tumani hokimining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash