ijodiy uchrashuv
30 Dec, 2025 - 10:59
44
Xabaringiz bor, jadidlar harakatining yirik namoyandasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlarida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xabaringiz bor, jadidlar harakatining yirik namoyandasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlarida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
⬇️Shu munosabat bilan joriy yilning 22-dekabr kuni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalovning taklifiga binoan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ravshan Hamroqulov hamda Mahmudxo‘ja Behbudiyning nabirasi Shohruh Behbudiy Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasiga tashrif buyurdilar.
💬Uchrashuv davomida Mahmudxo‘ja Behbudiyning boy ma’naviy-ma’rifiy merosi, uning jadidchilik harakatidagi o‘rni va bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, Behbudiy boshlagan ezgu ishlarni davom ettirish, kelgusi yillarda ham madaniyat va ma’rifat sohasiga oid turli loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Mazkur ijodiy uchrashuv Mahmudxo‘ja Behbudiy merosini chuqur o‘rganish va uni keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusida yangi madaniy loyihalarning amalga oshirilishiga xizmat qilib, buyuk ma’rifatparvarning ezgu g‘oyalarini davom ettirishga mustahkam zamin yaratadi.