8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

09 Dec, 2025 - 10:30
5
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

✔️Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

➡️Tadbirda viloyat faollari, hokimlik va huquq-tartibot organlari xodimlari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar vakillari, shuningdek, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati va tizimdagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

✅Viloyat hokimi Adiz Boboyev tadbir ishtirokchilarini va ular timsolida barcha Samarqandliklarni qutlug‘ sana bilan tabriklab, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni, viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari hamda kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Konstitutsiyamizda belgilangan demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida urg‘u qaratildi.

✔️Bayram tadbiri taniqli Samarkandlik san’atkorlar va yosh ijrochilar tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur bilan davom etdi. Vatan va tinchlik g‘oyalarini ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✅Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy dasturlar va bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash