🎗3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni
09 Dec, 2025 - 10:24
6
🎗3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan bayram tadbiri
✔️3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamkorligida “Tanam xasta-ko‘nglim butun” nomli badiiy musiqali kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i B.Tugalov, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasidan vakil X.Uralboyev, Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori N. Aliboyev , Samarqand shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining direktori U.Ximoydinov hamda Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning shahar, tuman filiallaridagi xodimlari va kitobxonlar ishtirok etishdi.
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i B. Tugalov so'zga chiqib, mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab kelinayotganligi haqida fikr bildirdi.
✅Tadbir davomida Samarqand viloyati madaniyat sohasiga ko‘p yillar davomida munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida samarali faoliyat yuritayotgan
jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
✅Ularning fidokorona mehnati Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan e’tirof etildi.
✅Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan ham xodimlarga maxsus sovg‘alar topshirildi.
🎶Bayram tadbirida viloyat bolalar musiqa va sanʼat maktablari to‘garak a’zolari o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.