Taqdirlov

09 Dec, 2025 - 10:19
4
Taqdirlov

✍️Kutubxona sohasida koʻp yillik halol mehnati, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qoʻshgan munosib hissasi, shuningdek, Buxoro viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasining qutlugʻ 20 yillik yubileyi munosabati bilan Samarqand viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori Aliboyev Nodirjon To‘xtamishovich Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi V. Niyozov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

📚Tashakkurnomani tantanali tarzda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov koʻp yillik samarali mehnati uchun esdalik sovgʻalari bilan Nodirjon Aliboyevga topshirdi.

🎉Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati va xodimlari Nodirjon Aliboyevni samimiy tabriklab, uning keyingi faoliyatida yangi yutuqlar, ijodiy muvaffaqiyatlar va mustahkam sog‘liq tilaydi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash