Xitoy madaniyati kunlari

09 Dec, 2025 - 10:16
5
Xitoy madaniyati kunlari

🇨🇳🇺🇿 Samarqandda “Xitoy madaniyati kunlari” doirasida gala-konsert oʻtkazildi

📝Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02-RA 1-18446-son xatiga muvofiq, joriy yilning 28-noyabr va 5-dekabr kunlari mamlakatimizda “Xitoy madaniyati kunlari” tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.

✅Shu munosabat bilan, 4-dekabr kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatrida mazkur madaniy kunlar doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

▶️Konsertga Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati, xodimlari va boshqarma tasarrufidagi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi

✔️Tadbirda Xitoyning milliy musiqa va raqs san’ati namunalaridan iborat sahna ko‘rinishlari, an’anaviy cholg‘u asboblarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlovchi ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash