Uchrashuv

09 Dec, 2025 - 10:12
5
Uchrashuv

Samarqandda “Xitoy madaniyati kunlari” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

✔️Joriy yilning 28-noyabr va 5-dekabr kunlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Xitoy madaniyati kunlari” munosabati bilan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha uchrashuv boʻlib oʻtdi 

✅Mazkur uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Li Inchuan, Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining masʼul xodimlari Sarvarbek Foziljonov va Mirabbos Mirg‘iyosov hamda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalovlar ishtirok etishdi.

🔽Uchrashuv doirasida yangi takliflar va yangi kelishuvlar muhokama qilindi. Samarqand viloyatida madaniyat va turizm sohasida erishilgan natijalar, hududning madaniy ko'rinishining toboro oshib borayotgani, shuningdek turizm sohasida erishilgan natijalar e'tirof etildi. 

➡️O'z o'rnida Xitoy madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari hududning madaniy va turizm salohiyatini yuqori baholab, mazkur jarayonlarda xitoy tomonidan yangi taklif va loyihalar bilan qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash