Mahorat darsi
27 Nov, 2025 - 16:29
4
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 3-son BMSM da mahorat darsi bo'lib o'tdi
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabida mashhur Fransuz pianinochisi Maksim Zekkini ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
🎼Mazkur tadbir yosh ijodkorlar, o‘qituvchilar va musiqa ixlosmandlari uchun katta imkoniyat bo‘lib, xalqaro tajribaga ega san’atkor bilan bevosita muloqot qilish, mahorat oshirish va professional bilimlarni boyitishga xizmat qildi.
✅Mahorat darsida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Botir Tugalov ishtirok etib, Maksim Zekkiniga esdalik sovgʻalar hamda tashakkurnoma topshirdi.
✅ Shuningdek, u mazkur hamkorlikning ahamiyati va yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda ularning faolligini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.