Yig'ilish

18 Nov, 2025 - 14:12
8
Yig'ilish

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi va uning tasarrufidagi tashkilotlari uchun qonunchiilik ijrosi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi va uning tasarrufidagi tashkilotlari uchun qonunchilik ijrosi yuzasidan  yig‘ilish õtkazildi

🏛Samarqand viloyat drama teatri zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi rais oʻrinbosari Oydin Abdullayeva hamda qoʻmita aʼzosi Vasila Fayziyevalar tomonidan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi hamda madaniyat muassasalarining holatini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Yig‘ilishda viloyatdagi mavjud davlat madaniyat muassasalarining ekspluatatsiya holati, qonunchilik hujjatlarining ijrosi hamda shu sohadagi muammolar va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅Tadbirda Madaniyat boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, teatrlar, filarmoniya, “O‘zbekkonsert” DM viloyat bo‘linmasi, Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda tuman va shahar madaniyat bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

✅Mazkur yig‘ilish davomida tegishli tashkilotlar faoliyati yuzasidan amaliy takliflar berilib, qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash