Yig'ilish

13 Nov, 2025 - 15:00
12
Yig'ilish

Madaniyat tizimida dolzarb yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Madaniyat tizimida dolzarb yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

      Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov viloyat tizimida faoliyat yuritayotgan barcha "Bolalar musiqa va san’at maktablari"  direktor va xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. 

      Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, matbuot xizmati faoliyatini kuchaytirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish,tashkiliy intizom va mehnat madaniyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

     Shuningdek, ta’lim sifati va ijodiy muhitni yaxshilash, o‘quvchilarni turli tanlov va ko‘rik-festivallarda faol ishtirok ettirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, yil yakuniga tayyorgarlik va 2026-yil uchun reja va istiqbollarni belgilash masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

    Yig‘ilish yakunida Botir Tugalov tomonidan tizimda intizomni mustahkamlash, samaradorlikni oshirish va ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash