Hamkorlik uchrashuvi

10 Nov, 2025 - 11:07
15
Hamkorlik uchrashuvi

Teatr

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yakubov Baxtiyor  Choriyevich hamda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov ishtirokida amaliy hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.

   Uchrashuvda yosh rejissorlarni ish bilan ta’minlash, bitiruvchi kadrlarni amaliy faoliyatga jalb etish, iqtidorli yoshlarga yangicha ijodiy yo‘nalishlarda o‘zlarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

   Shuningdek, madaniyat va san’at sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarni kuchaytirish, mashhur teatr arboblari hayoti va ijodi hamda teatr sanʼati haqida monografiyalar, jurnallar, kitoblar va maqolalar tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

   “Bizning asosiy maqsadimiz — yoshlarni o‘z kasbiga mehr bilan bog‘lash, ularning bilim va iste’dodini amaliyotda namoyon etishiga imkon yaratishdir. Har bir bitiruvchi o‘z joyini topsin, o‘z sahnasini topsin,” — dedi Nodirbek Baxtiyorovich.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash