Badiiy havaskorlik jamoalari uchun texnik jihozlar topshirildi
23 Sep, 2025 - 19:00
49
Moddiy texnik baza
Bugun Samarqand shahar 22-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan zamonaviy texnik jihozlar va boshqa zarur uskunalar viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalariga topshirildi.
Tadbirda Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi Botir Shaymatov ishtirok etib, jamoalarga musiqa asboblari, ovoz kuchaytirgichlar va texnik vositalarni shaxsan topshirdi.
Mazkur tashabbus Samarqand viloyatidagi havaskor ijodiy jamoalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bunday qo‘llab-quvvatlash san’at ixlosmandlariga yangi imkoniyatlar yaratib, hududlarda madaniy hayotning faollashuviga turtki bermoqda.