Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi

10 Sep, 2025 - 17:08
51
Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi

Adabiy-ma’rifiy xotira kechasi

Kattaqo‘rg‘onda Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Bugun 10-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, mohir rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sahna — mening hayotim” nomli adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, madaniyat va san’at sohasining yetuk vakillari, ijodkorlar, teatr san’ati ixlosmandlari, shuningdek, faol yoshlar ishtirok etdilar.

Xotira kechasi davomida Bahodir Yo‘ldoshevning O‘zbekiston sahna san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning betakror ijodiy yondashuvi, milliy teatr maktabini rivojlantirishdagi xizmatlari yodga olindi. Tadbir ishtirokchilari rejissyorning hayoti va ijodiga oid videolavhalar, teatr sahnalaridan lavhalar, sahnalashtirilgan chiqishlar orqali ustoz san’atkor xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Kecha doirasida yosh aktyorlar tomonidan Bahodir Yo‘ldoshev sahnalashtirgan mashhur spektakllardan parchalar ijro etildi. Shuningdek, ustoz san’atkorning shogirdlari, taniqli aktyor va rejissyorlar o‘z xotiralarini bayon qilib, uning insoniy fazilatlari va fidokorona mehnati haqida samimiy so‘zlar aytishdi.

Mazkur tadbir san’atga, ayniqsa teatrga mehr bag‘ishlagan yoshlar uchun muhim saboq va ilhom manbaiga aylandi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash