Mustaqillik tantanalari arafasida teatrlarda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi
22 Aug, 2025 - 16:15
55
Ochiq_eshiklar_kuni
Mustaqillik tantanalari arafasida teatrlarda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi
Hurmatli teatr ixlosmandlari! “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari 1-sentyabrda “Ochiq eshiklar kuni”ni e’lon qiladi.
Samarqand viloyatidagi teatrlarda namoyish etiladigan spektakllar jadvali:
Samarqand viloyati musiqali drama teatri – “Behbudiy”
🗓 01.09.2025 | ⏰18:00
Samarqand viloyati rus drama teatri – “Qaysar malika” (rus tilida)
🗓 01.09.2025 | ⏰11:00
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri – “Ali Qushchi”
🗓 01.09.2025 | ⏰ 11:00
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri – “Davr o‘g‘loni”
🗓 01.09.2025 | ⏰ 14:30
Ma’lumot uchun: “Ochiq eshiklar kuni”da barcha spektakllarga kirish bepul.
Eslatma: Taklifnomalarni teatr kassalaridan olishingiz mumkin. Taklifnomalar soni cheklangan.