Qo'shrabot tumanida madaniyat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

22 Aug, 2025 - 09:52
50
Qo'shrabot tumanida madaniyat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Madaniyat maskani

Qo'shrabot tumanida madaniyat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Kuni kecha, 21-avgust kuni Qo‘shrabot tumani madaniyat bo‘limiga qarashli 31-son madaniyat markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi D. Shakarboyev, viloyat Madaniyat boshqarmasi vakillari, hokimlik hamda boshqa tashkilotlar masʼullari, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Marosim yakunida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Taʼkidlash joiz, Prezidentimizning 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yig‘ilishida “Namunali” madaniyat markazlarini taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy kinoteatrlar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlariga muvofiq ushbu markaz qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash