Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalariga rioya qilish – dolzarb masala!
20 Aug, 2025 - 17:11
300
Seminar
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, bunday qoidabuzarliklar uchun sharoit yaratishning oldini olish hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda soha mutasaddilari va tegishli idoralar vakillari ishtirok etib, quyidagi mavzularda ma’ruzalar qildilar:
Shaymatov Botir Rustambekovich – Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari: “Seminarning mazmun-mohiyati”;
Buranov A’zam O‘ktamovich – Samarqand viloyati prokurorining katta yordamchisi, adliya kichik maslahatchisi: “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish va davlat hamda jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish”;
Axatov Foziljon Olimjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand viloyati filiali rahbar o‘rinbosari: “Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”;
Baymurodov Sohibnazar Mardonovich – O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i: “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholini yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash, yoshlarning tafakkurini yuksaltirish va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash”.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat xizmatchilari uchun belgilangan odob-axloq talablari hamda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida esa Samarqand viloyati Musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan “Bahodir Yalangtush” spektakli namoyish etildi.