Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi
11 Aug, 2025 - 11:52
74
#Matbuot_anjumani #Press_tur
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etib, teatr faoliyati, ijodiy jamoa erishgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishdilar.
Anjuman davomida teatr rahbariyati tomonidan yangi sahna asarlari, bolalar uchun mo‘ljallangan spektakllar, shuningdek, teatr binosida yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Press-tur chog‘ida mehmonlar sahna ortidagi ijod jarayoni, qo‘g‘irchoqlar yasash ustaxonalari va texnik imkoniyatlar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
PRESS RELIZ:
Repertuar rejaning bajarilishi bo‘yicha hisobot
2024-yil teatrimiz uchun sermahsul, ijodga boy va yutuqlarga to‘la yil bo‘ldi. Repertuar rejamiz to‘liq bajarildi va yil davomida tomoshabinlarga 4 ta yangi sahna asari taqdim etdik. Har bir asar o‘zining mavzu va ruhiy ohangi bilan teatrimiz ijodiy manzarasini yanada boyitdi.
- I-chorakda — yozuvchi Y. Speranskiy asari asosida, sahnalashtiruvchi rejissyor Zuhra Eshpulatova tomonidan yaratilgan “G‘aroyib musobaqa” ertak spektakli sahnaga chiqdi. Bu asar kichik tomoshabinlarimizga quvonch, kattalar esa bolalik xotiralariga qaytdi.
- II-chorakda — yozuvchi Nina Gernet qalamiga mansub “G‘ozcha” ertak spektakli, sahnalashtiruvchi rejissyor Xotam Ohunov ijrosida hayotga tatbiq etildi. Samimiy voqealar va yorqin obrazlar kichik-yu katta tomoshabinlarning qalbini zabt etdi.
- III-chorakda — mualliflar Farhod Mirzayev va Axmat Niyazov asari asosida, sahnalashtiruvchi rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan “Ali Qushchi” tarixiy drama spektakli yaratildi. Bu asar ilm-fan, tafakkur va tarixiy merosimizning buyuk timsoliga aylangan.
- IV-chorakda — muallif va sahnalashtiruvchi rejissyor Mixail Doloko tomonidan “Sehrli xona” spektakli sahnaga olib chiqildi. Sirli voqealar, yorqin sahna yechimlari va jonli ijro barcha yoshdagi tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashdi.
Teatrimiz ijodi nafaqat o‘z sahnamizda, balki butun Respublika miqyosida namoyish etilmoqda. Yo‘nalishlar bo‘yicha repertuarimiz quyidagicha shakllandi:
- Milliy-zamonaviy yo‘nalish — 12 ta spektakl
- Tarixiy yo‘nalish — 5 ta spektakl
- Xorijiy asarlar — 9 ta spektakl
Shunday qilib, bugungi kunda teatrimiz repertuarida 26 ta sahna asari mavjud bo‘lib, ular orqali biz tomoshabinlar qalbiga yetib borish, ularni o‘ylantirish, ilhomlantirish va quvontirishni davom ettirmoqdamiz.
Hurmatli tinglovchilar! Teatr — bu faqatgina sahna va parda emas, bu inson qalbiga yetib boradigan eng nozik ko‘prikdir. Biz shu ko‘prikni mustahkamlash, yangi avlod qalbida san’atga mehr uyg‘otish va hayotga chiroq tutish yo‘lida izchil mehnat qilamiz.
2025-yilda sahnalashtirilgan yangi asarlar
- I-chorakda — yozuvchi S. Kozlov asari asosida sahnalashtirilgan “Трям! Здравствуйте” (“Tryam! Salom”) spektakli bolajonlarga manzur bo‘lib, ularning qalbida juda yaxshi taassurot qoldirdi.
- II-chorakda — yozuvchi Uchqun O‘sarov qalamiga mansub, sahnalashtiruvchi rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan “Men katta bo‘lsam” spektakli sahnaga olib chiqildi. Ushbu asar kichik tomoshabinlarga orzu va umid qanotlarini tuhfa etdi.
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida bugungi kunda:
1 nafar “Doʻstlik” ordeni (Nikolay Sultonov);
2 nafar “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni (Nikolay Sultonov va Vera Lvova):
1 nafar “Shuhrat” medali (Akbar Abdullayev)
1 nafar Xalqaro ilmiy matbuot markazining “Lider SNG” esdalik nishoni (Abdurasul Babaliyev)koʻkrak nishoni sohiblari ijodiy faoliyat koʻrsatib kelishmoqda.
3 nafar “Yuksak xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni
Samir Sharipov
Sohib Ruziboyev
Feruzbek Abdurayimov
Respublika va xorijiy gastrol safarlari hamda oʻzaro hamkorlik boʻyicha.2024
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 2024-yil davomida 4 ta davlat bilan memorandum imzolandi hamda 2 ta xorijiy va 9 ta maxalliy gastrol safarlari amalga oshirildi.
Memorandum va xorijiy gastrollar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan 2024-yil 16-may kuni Qirg‘iziston Respublikasi Nodirbek Shamurzayev nomidagi O‘sh viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktori Zamirbey Rayimbekov bilan, 2024-yil 06-sentabr kuni Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Gorlatyx Yuriy bilan, 2024-yil 24-sentabr kuni Moʻgʻuliston davlat qo'g'irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav bilan hamda 2024-yil 25-sentabr kuni Meksika “Mil Restros” teatri direktori Fernando Gurrola bilan madaniyat jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.
Qirg‘iziston Respublikasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori 2-bob 7-bandining ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining gastrol safari bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahriga tashrif buyurdi. O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yuqori kayfiyatda kutib olindi hamda teatr jamoasi Qirg‘izistondagi diqqatga sazovor manzillarda bo‘lishdi. Tashrif davomida teatrning ijodiy jamoasi tomonidan Qirg‘izistonlik bolajonlar uchun “Matonatli yurak” deb nomlangan qiziqarli spektakl namoyish etildi.
Qozog‘iston Respublikasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda 2023-yil 10-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan ikki davlat teatr san’ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat safari doirasida 25-noyabrdan 29-noyabrgacha Chimkentlik jajji tomoshabinlar uchun tayyorlangan tomosha va spektakllar namoyish etildi.
Respublika miqiyosidagi gastrollar - Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri quyidagi 10 ta viloyatlar boʻylab gastrol safarlarida boʻldi:
Namangan viloyati - 2024-yil 30-aprel hamda 1-may kunlari Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining ijodiy jamoasi ijodiy gastrol safari bilan Namangan viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatr jamoasi tomonidan Namanganlik bolajonlar uchun “Matonatli yurak” nomli qiziqarli ertak spektakli namoyish etildi.
Andijon viloyati – 2024-yil 2-3-may kunlari Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatrining ijodiy jamoasi Andijonlik kichkintoy tomoshabinlar uchun teatr repertuaridagi eng sara asarlaridan biri “Matonatli yurak” nomli spektaklni namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Fargʻona viloyati va Farg‘onaning chekka hududlaridan Sug‘d tumani – 2024-yil 6-7-may Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Farg‘ona viloyatiga va Farg‘onan viloyatining chrkka hududlaridan biri Sug‘d tumaniga tashrif buyurdi. Teatrining ijodiy jamoasi Fargʻonalik kichkintoy tomoshabinlar uchun oʻyin kulgularga boy ajoyib spektakllar namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 24-iyun kuni Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatrining ijodiy jamoasi Qoraqalpoqlik kichkintoy tomoshabinlar uchun oʻyin kulgularga boy ajoyib spektakllar namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Xorazm viloyati – 25-26-iyun kunari Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatrining ijodiy jamoasi Xorazmlik kichkintoy tomoshabinlar uchun oʻyin kulgularga boy ajoyib spektakllar namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Buxoro viloyati – 27-iyun kuni Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatrining ijodiy jamoasi Buxorolik kichkintoy tomoshabinlar uchun oʻyin kulgularga boy ajoyib spektakllar namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Sirdaryo viloyati – 26-noyabrdan 29-noyabr kunlari Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining ijodiy jamoasi Sirdaryo viloyatiga gastrol safari bilan tashrif buyurdi hamda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan umumta’lim maktab oʻquvchilari uchun “Matonatli yurak” deb nomlangan spektakl namoyish etilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahri– 28-noyabrdan 29-noyabr kunlari Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining ijodiy jamoasi Toshkent viloyati va Toshkent shahriga gastrol safari bilan tashrif buyurdi hamda Toshkent viloyatida joylashgan 536 nafar maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari uchun va Parkent tumanida joylashgan madaniyat markazi aholisi va bolalari uchun “Matonatli yurak” deb nomlangan spektakl namoyish etilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi.
Respublika va xorijiy gastrol safarlari hamda oʻzaro hamkorlik boʻyicha. 2025
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra 2 ta maxalliy gastrol safarlari amalga oshirildi.
Respublika miqiyosidagi gastrollar - Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri quyidagi 2 ta viloyat boʻylab gastrol safarlarida boʻldi:
Surxondaryo viloyati - 2025-yil 2-3-fevral Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining ijodiy jamoasi Surxandaryo viloyatiga gastrol safari bilan tashrif buyurdi hamda Surxandaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari va 1107 nafar maktab oʻquvchilari uchun 4 seans “Matonatli yurak” deb nomlangan spektakli va qiziqarli o‘yinlar namoyish etilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi.
Qashqadaryo viloyati – 2025-yil 4-fevral kuni Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol safari bilan tashrif buyurdi hamda Nukus shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari va 398 nafar maktab oʻquvchilari uchun 2 seans “Matonatli yurak” deb nomlangan spektakl namoyish etilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi.
VI-bob. Respublika va xalqaro tanlov, festivallar boʻyicha.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori F.Abdurayimov hamda teatr bosh rejissyori F.Mirzayevlarning joriy yilning 20-25-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tgan “ИСТОКИ” xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar festivalida mehmon teatr sifatida ishtirok etishdi.
Respublika va xalqaro tanlov, festivallar boʻyicha. 2025
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil 21-25-may kunlari teatri rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ali Qushchi” spektakli bilan Qozogʻistonning Olmata shahridagi “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida ishtirok etdi. Festivalning tantanali ochilish marosimida, madaniy chiqishlar hamda mahorat darslari, yetakchi aktyor va rejissyorlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi.
Shuningdek festivalda Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon qoʻgʻirchoq teatrlarining eng yaxshi spektakllari mehmonlarga, bolalar va kattalar uchun taqdim etiladi. Festival dasturiga koʻra, ishtirokchilar orasida birinchi boʻlib Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan "Ali Qushchi" spektakli namoyish etildi.