Go‘zallik hamda milliylik uyg‘unligi Samarqand sahnasida!

31 Jul, 2025 - 14:32
27
Go‘zallik hamda milliylik uyg‘unligi Samarqand sahnasida!

Milliy Fashion

“Milliy Fashion” shou va “Miss Oasis” – go‘zallik hamda milliylik uyg‘unligi Samarqand sahnasida!

30-iyul kuni Samarqand shahri Yoshlar markazida yorqin va unutilmas tadbir — “Milliy Fashion” shousi hamda “Miss Oasis” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda butun O‘zbekiston hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘z hududlariga xos milliy liboslar, bezaklar hamda san’at namunalarini namoyish etdilar.

Bellashuv jarayonida ishtirokchilar o‘ziga xoslik, ijodiy yondashuv va milliylikni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirgan holda sahnaga chiqishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — milliy liboslar, qadriyatlar va zamonaviy modani uyg‘unlashtirish orqali yoshlarimizda estetik did, milliy iftixor va madaniy ongni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash