“O‘zbekiston tarixi” telekanalida Amaliy san’at bo‘limi ijodi taqdim etildi

30 Jul, 2025 - 10:13
16
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida Amaliy san’at bo‘limi ijodi taqdim etildi

Hudud xabarlari

“O‘zbekiston tarixi” telekanalida Amaliy san’at bo‘limi ijodi taqdim etildi

Kuni kecha 30-iyul kuni Narpay tumani 27-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodiy guruhi tashrif buyurdi. Ular Amaliy san’at bo‘limi o‘qituvchilarining faoliyatini yoritish uchun tasvirga olish ishlarini olib bordi.

Tasvirga olish jarayonida o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalaridan tashqari, ko‘rgazmaga qo‘yilgan milliy bezak san’ati asarlari ham namoyish etildi. Maxsus tashkil etilgan ko‘rgazmada qadimiy an’analar, milliy naqshlar va bolalar ijodiga xos nozik tafsilotlar batafsil yoritildi.

Mazkur tashrif san’atga mehr bilan yondashgan ustozlarimizning mehnatini keng jamoatchilikka tanishtirish hamda yosh avlod qalbida milliy san’atga nisbatan mehr va qiziqish uyg‘otish yo‘lida muhim ijobiy qadam bo‘ldi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash