Samarqand madaniyati Yaponiyada namoyish etildi

28 Jul, 2025 - 14:52
41
Samarqand madaniyati Yaponiyada namoyish etildi

Xalqaro_hamkorlik

Samarqand madaniyati Yaponiyada namoyish etildi

Joriy yilning 21–25-iyul kunlari Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Orif Xaitov boshchiligidagi ijodiy delegatsiya Yaponiyaning Osaka va Nara shaharlarida bo‘lib, “Samarqand madaniyat kunlari” tadbirlarini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasining xonanda va sozandalari hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasining raqqosa qizlari ishtirok etib, o‘zbek milliy san’atining yorqin namunalari – an’anaviy kuy va qo‘shiqlar, maqom yo‘llari hamda raqs san’atidan chiqishlar namoyish etdilar.

Shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv va ijodiy chiqishlar ham tashkil etildi. “Samarqand madaniyat kunlari” Yaponiyada katta qiziqish bilan kutib olindi va tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash