Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

16 Jul, 2025 - 18:51
26
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Muhokama yig'ilishi

Bugun Samarqand viloyati musiqali drama teatrida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Orif Xaitov rahbarligida navbatdagi muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlab tashkil etiladigan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida madaniyat tizimi tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda tegishli soha rahbarlariga bayram tadbirlarini yuqori saviyada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ruhda o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar va topshiriqlar yuklatildi. Jumladan, sahna ko‘rinishlari, kontsert dasturlari, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga mas’uliyatli yondashuv talab etildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash