Viloyat musiqali drama teatri sahnasida yangicha nafas — “Ko‘hna Tbilisi nayranglari” va “Gamlet” premyeralari mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi

11 Jul, 2025 - 18:00
10
Viloyat musiqali drama teatri sahnasida yangicha nafas — “Ko‘hna Tbilisi nayranglari” va “Gamlet” premyeralari mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi

Yangi_spektakl

Samarqand viloyat musiqali drama teatrida ikkita yangi sahna asari namoyish etildi.

  Bugun viloyat musiqali drama teatri  sahnasida ikki yangi sahna asari — gruziyalik rejissyor Kaxa Gogidze tomonidan R.Eristavining “Ko‘hna Tbilisi nayranglari” asari asosida sahnalashtirilgan musiqali komediya, hamda bosh rejissyor Shuhrat Sanaqulov tomonidan U.Shekspirning “Gamlet” asari asosida sahnalashtirilgan tragediya spektakli taqdim etildi.

Ikkala spektakl ham O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi badiiy ekspert guruhi a’zolariga namoyish qilindi. Asarlar o‘ziga xos sahnaviy yechim, yangicha ruh va zamonaviy ko‘rinishda talqin etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Ekspertlar tomonidan ayrim takomillashtirish zarur bo‘lgan jihatlar haqida ham tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu spektakllar tez orada tomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash