Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

12 Jul, 2025 - 14:48
21
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

Jarayon

Kuni kecha Orif Xaitov Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun yangi o‘quvchilar yotoqxonasi qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Ma'lumot uchun ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2024-yil 27-sentyabrdagi 102-son bayonnomasi 5-ilovasi asosida 2025-yilgi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”ga kiritilishi taklif etilgan, umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha yangi boshlanadigan loyihalar dastlabki manzilli ro‘yxatining 5-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Shaherezada Sam Star Tour” MChJ tomonidan xorijiy investorlar ishtirokida mazkur san’at maktabining kontsert zali binosini zamonaviy andozalarga mos tarzda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari bilan ham tanishuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi, ta’lim sifati va san’at maktabining infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash