Samarqandda kulgu kechasi — Ustozlar haziliga guvoh bo‘ldik!
07 Jul, 2025 - 07:48
23
Askiya va qiziqchilar sayli
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida katta kulgu va xush kayfiyat muhitida o‘tgan “Askiya va qiziqchilar sayli” gala konserti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qiziqarli tadbirda el ardog‘idagi sevimli askiyachilar — Valijon Shamshiyev, Dilshodbek Musabekov, Saydulla Fathullayev, Mirzabek Xolmedov va Boltavoy Toshmatov sahnaga chiqib, o‘ziga xos hazil-mutoyibasi, iqtidorli chiqishlari bilan tomoshabinlarga chinakam quvonch va a’lo kayfiyat ulashdi.
Mehmonlar butun dastur davomida quvnoq lahzalarga boy, milliy askiya san’atining go‘zalligini aks ettiruvchi chiqishlardan bahramand bo‘lishdi.
Bunday tadbirlar xalqimiz madaniy hayotida muhim o‘rin tutib, kulgu vositasida insonlar qalbiga iliqlik, birlik va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradi.