Xalqaro_hamkorlik
27 Jun, 2025 - 17:09
9
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi hozirda Indoneziyaning Surabaya shahrida gastrolda
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Indoneziyada gastrol safarida
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi hozirda Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida ijodiy gastrol safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Kattaqo‘rg‘onlik teatr ijodkorlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi “Bumi Purnati” teatri bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan “Imom al-Buxoriy va Sukarno” nomli spektaklning ilk premyerasini muvaffaqiyatli taqdim etishdi.
Spektakl 2025-yil 26-iyun kuni Surabaya shahar hokimiyatining taklifi asosida “Balai Budaya” teatr sahnasida namoyish etildi. Ushbu sahna asari ikki xalqning buyuk tarixiy shaxslari – hadisshunos olim Imom al-Buxoriy va Indoneziya mustaqilligining asoschisi Sukarno siymolari orqali ikki millat o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy bog‘liqlikni yuksak badiiy saviyada ifoda etdi.
Tadbir Surabaya shahri madaniy jamoatchiligi, san’atshunoslar va keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish va iliq taassurotlar bilan qarshi olindi.
Mazkur hamkorlik loyihasi O‘zbekiston san’atining xalqaro miqyosda tanilishiga xizmat qilish bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.