Samarqandda “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

19 Jun, 2025 - 18:02
25
Samarqandda “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

Tanlov

Bugun Samarqand viloyat musiqali drama teatrida yoshlar orasida sahna madaniyatini rivojlantirish, ularning iqtidorini kashf etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur bosqichda hududiy saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 14 nafar iqtidorli jamoa ishtirok etmoqda. Tadbir boshida har bir jamoa tantanali tarzda tanishtirildi, ularning sahnadagi chiqish ketma-ketligi esa qur’a tashlash asosida belgilandi.

 Tanlov nizomiga muvofiq, ishtirokchilar “Bizning maktab” va “Teatr – ibratxona” nomli ikki asosiy shart bo‘yicha bellashishmoqda.
 “Bizning maktab” shartida jamoalar o‘z maktabining yutuqlari, ijtimoiy va ma’naviy muhiti haqida ijodiy tarzda hikoya qilib, beshta savolga javob berishadi.
 “Teatr – ibratxona” shartida esa mashhur sahna asarlaridan parcha sahnalashtirib, aktyorlik mahoratlarini namoyish etishlari lozim.

Tanlovga O‘zbekistonning taniqli san’at arboblari – O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova, Bahodir Nishonov, Shohida Ismoilova, Lola Eltoyeva hamda Baror Hasanov kabi sahna ustalari hakamlik qilmoqda. Ular ishtirokchilarning yoshini, ijro mahoratini va teatrga bo‘lgan yondashuvini inobatga olgan holda adolatli baholamoqdalar.

 Zuhra Ashurova:
“Sahnada tanish-bilish yurmaydi. Sahna – bu muqaddas dargoh. Unga xiyonat qilinmaydi. Biz har bir ishtirokchini faqatgina iqtidori asosida baholaymiz. Barcha jamoalarga omad tilayman!”

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash