Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor” maktab ansambllari tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

19 Jun, 2025 - 16:38
12
Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor” maktab ansambllari tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

Tanlov

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 7–11 aprel kunlari 8 890 ta jamoani, hududiy bosqichi esa 14–29 aprel kunlari 208 ta jamoani qamrab oldi. Mazkur tanlov 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat 8 nafarli jamoalar ishtirokida o‘tkazilib, yosh avlodning milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Respublika bosqichida hududlardan saralab olingan 14 ta jamoa belgilangan shartlar asosida o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etdi. Baholash jarayonida taniqli san’atkorlar hamda sohaning yetuk mutaxassislari hakamlik qildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoa a’zolari Ozarbayjonga ta’limiy sayohat bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash